Jahon banki delegatsiyasi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Jahon banki delegatsiyasi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasida Jahon banki missiyasining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish institutsional salohiyatini kuchaytirish dasturi doirasida loyiha rahbari, boshqaruv masalalari bo‘yicha katta mutaxassis Daniela Felkman hamda halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha eksperti Dmitro Kotlyar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jahon banki vakillariga Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar, shuningdek bu yo‘nalishdagi istiqbolli rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar bo‘yicha kelishib oldilar.