Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish masalalari bo‘yicha navbatdagi trening

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish masalalari bo‘yicha navbatdagi trening

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish” mavzusidagi trening bo‘lib o‘tdi.

Trening Bosh prokuratura Akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi katta prokurori X.Tursunbekov tomonidan o‘tkazildi. Tadbirda Agentlik markaziy apparati xodimlari, shuningdek hududiy boshqarma rahbarlari onlayn tarzda ishtirok etdi.

Trening ishtirokchilari manfaatlar to‘qnashuvi turlari, uning oqibatlari, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning huquqiy asoslari va amaliy jihatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Interfaol tarzda o‘tkazilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni tartibga solish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar. Tashkilotchilar shu kabi treninglarni tizimli ravishda o‘tkazish zaruratini e’tirof etishdi.