Sayyor o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Sayyor o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

2022- yilning 26-30 sentyabr kunlari Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ko‘magida Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi o‘quv dasturi doirasida 2022-2023 o‘quv yili tinglovchilari uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining dala o‘quv maydoni bazasida dala sayyor o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. 

Dala sharoitida o‘tkazilgan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari doirasida tinglovchilar jangovor, saf va jismoniy tayyorgarlikning asoslarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar hamda tegishli o‘quv fanlari bo‘yicha dars jarayonlarini davom ettirildi.

Dasturga muvofiq tinglovchilar jangovar o‘qotar qurollarning asosiy turlari, ulardan foydalanishning nazariy jihatlari, ularning jangovar xususiyatlari, asosiy qism va mexanizmlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tinglovchilarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘zlarining bilimlarini oshirish va jismonan chiniqish maqsadida axborot-resurs markazi va sport-sog‘lomlashtirish majmuasidan samarali foydalanish imkoniyati yaratildi. 

IIV Akademiyasining dala o‘quv maydoni bazasida sayyor o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish amaliyoti tinglovchilar uchun ularning o‘zaro munosabatlari, ruhiy birdamlik va jamoaviy jipslikni mustahkamlash, shuningdek tinglovchilar o‘rtasida tajriba almashishda o‘z samarasini ko‘rsatdi.