Bosh prokuratura Akademiyasida “Benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va identifikatsiya qilish hamda mijozlarni lozim darajada tekshirish masalalari” mavzusidagi seminar-treninga o‘tkazildi.
Trening tijorat banklarining ichki nazoratni amalga oshiruvchi mas’ul maxsus tarmoq xodimlari uchun tashkil qilindi.
Trening dasturi benefitsiar mulkdorlarni aniqlash bo‘yicha xalqaro standartlar, xorijiy tajriba va milliy tizimning o‘zaro tahlili, mijozlarni, xususan xorijiy mamlakatlar ommaviy mansabdor shaxslari va ularning oila a’zolari hamda yaqinlarini lozim darajada tekshirish choralarini aniqlash va qo‘llash masalalari ko‘rib chiqish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan.
Tadbirga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda katta amaliy tajribaga ega Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamda Markaziy bankning mutaxassislari jalb qilindi.
Trening tijorat banklarining ichki nazorat xizmati xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishga xizmat qiladi.