Bosh prokuratura Akademiyasida “Energiya resurslaridan foydalanishni nazorat qilish” mavzusida elektiv kurs ishlab chiqildi va yo‘lga qo‘yildi.
Elektiv kurs energiya resurslari va ichimlik suvini talon-toroj qilish mexanizmlarini aniqlash va fosh etish borasida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rahbar, tezkor xodimlari, surishtiruvchilari, shuningdek, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Kurs dasturi energiya resurslari va ichimlik suvini talon-toroj qilish mexanizmlarini aniqlash, bu sohadagi tezkor-qidiruv organlari xodimlari faoliyati, talon-toroj qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi miqdorini aniqlash hamda ushbu huquqbuzarliklarni fosh etish usullari kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgan.