Akademiya magistraturasining 2022/2023 o‘quv yili “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakli tinglovchilari uchun tanishtiruv tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda tinglovchilarga Akademiya magistraturasining sirtqi ta’lim shakli uchun maxsus tayyorlangan “Proacademy” axborot-ta’lim portalida o‘qishni tashkil etishning umumiy tartibi va qoidalari, o‘quv modullari tavsifi, tinglovchilar bilimini baholash tartibi haqida amaliy ko‘rgazmalar bilan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda tinglovchilarga magistrlik dissertatsiyasi mavzularini tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, tadqiqot uslublari va dissertatsiya ishini tayyorlashga qo‘yiladigan umumiy talablar bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
Shundan so‘ng tinglovchilar O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. Tanishtiruv dasturi yakunida har bir tinglovchining shaxsiy elektron portfolio yaratish maqsadida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari maxsus diagnostikadan o‘tkazildi.
Akademiya magistraturasida sirtqi ta’lim shakli uchun dars mashg‘ulotlari joriy yilning 10 oktabridan boshlanadi.