Odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatni oldini olish sohasidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi

Odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatni oldini olish sohasidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi

Akademiyada tuman (shahar) prokurorlarining ichki ishlar organlarida hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha o‘rinbosarlari va yordamchilari ishtirokida “Majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashishga oid qonun buzilishi holatlarini aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda huquqbuzarlarning harakatlariga huquqiy baho berish masalalari” mavzusidagi masofaviy malaka oshirish kursi boshlandi.

Kurs dasturi tinglovchilarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda tuzilgan va amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar, amaliyotda yuzaga kelayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlilini hamda mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishning boshqa dolzarb masalalarini o‘z ichiga olgan.

O‘quv jarayoni boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tinglovchilar uchun mazkur kursning tashkiliy masalalariga, masofaviy kursni o‘tash va amaliy topshiriqlarni bajarish tartibiga bag‘ishlangan audiokonferensaloqa  tarzida  seminar  tashkil  etildi.