Bosh prokuratura Akademiyasida “Maqsadli moliyaviy sanksiyalar qo‘llash masalalari” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi.
Trening pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatga jalb qilingan tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun tashkil qilindi.
Trening dasturi maqsadli moliyaviy sanksiyalar qo‘llashning mazmun-mohiyati, benefitsiar mulkdorlarni aniqlash bo‘yicha xalqaro standartlar, shuningdek, xaridorlarni, xususan xorijiy mamlakatlar ommaviy mansabdor shaxslari va ularning oila a’zolari hamda yaqinlarini lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralarni aniqlash va qo‘llash kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha xorijiy va milliy amaliyotning qiyosiy tahlili o‘tkazildi.
Tadbirga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda katta amaliy tajribaga ega Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Moliya vazirligining mutaxassislari jalb qilindi.