Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan ta’lim, ilmiy va tahliliy faoliyat bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham tizimli asosda olib borilmoqda.
2022 yil 4 noyabr kuni Bosh prokuratura tarmoqlari bilan hamkorlikda “Kitobxonlik – milliy o‘zlikni saqlash omili” mavzusida navbatdagi kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha 2022 yil uchun mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash doirasida prokuratura xodimlarining kitobga qiziqishini oshirish va yuksak kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Ushbu kitobxonlik tadbirida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari, tinglovchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar qatnashdilar.
Tadbir mehmoni tergov materiallari asosida nashr etilgan “Tergovchi” nomli turkum detektiv kitoblarini auditoriyaga taqdim etgan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yuridik fanlari doktori professor Komil Sindarov bo‘ldi.
Ishtirokchilarga muallif kitobidan sahna ko‘rinishi qo‘yib berildi hamda bilim va zukkoligini namoyon etgan ishtirokchilarga muallif dasxati tushirilgan kitob nusxalari topshirilgan holda auditoriya bilan interfaol mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbir doirasida “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan badiiy adabiyotlar yarmarkasi tashkil etildi.