Inson huquqlari sohasida ta’lim bo‘yicha Yevropa Kengashi/Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorlik loyihasi vakillari bilan uchrashuv

Inson huquqlari sohasida ta’lim bo‘yicha Yevropa Kengashi/Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorlik loyihasi vakillari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasini amalga oshirish doirasida Akademiya HELP (Human Rights Education for Legal Professionals) – yuridik kasb vakillari uchun inson huquqlari sohasida ta’lim bo‘yicha Yevropa Kengashi/Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorlik loyihasida ishtirok etmoqda.

HELP loyihasi Markaziy Osiyoda inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni tushunish va samarali joriy etish maqsadida Yevropa Kengashining huquqiy vositalari to‘g‘risida xabardorlikni oshirishga ko‘maklashadi. Ushbu maqsadga erishish maqsadida loyiha yuridik kasb vakillari  uchun inson huquqlari sohasida Yevropa o‘quv dasturining (HELP) metodologiyasidan foydalaniladi.

Shu munosabat bilan Bosh prokuratura Akademiyasida HELP dasturi vakillari K.Xoxlova va S.Dikman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda inson huquqlari sohasida Akademiyaning ta’lim salohiyatini mustahkamlash, qo‘shma tadbir va loyihalarni tashkil etish, masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim dasturlari samaradorligini baholash masalalari bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.