Latviya delegatsiyasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashrifi

Latviya delegatsiyasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashrifi

22 noyabr kuni Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob R.Troshki boshchiligidagi delegatsiya hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakolatxonasining Samarali boshqaruv dasturi rahbari tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar Akademiyaning asosiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Akademiya faoliyatining mazkur sohadagi o‘ziga xos jihatlari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va yordam ko‘rsatishga kelishib oldilar.