Akademiya xodimlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini mintaqaviy darajada baholash bo'yicha loyiha guruhining ishchi uchrashuvida ishtirok etdi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo'yicha xavflarni mintaqaviy darajada baholash va ularni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Yevrosiyo guruhining 30-yalpi majlisida tasdiqlangan 2019-2023 yillarga mo'ljallangan Yevrosiyo guruhi Strategiyasining yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Baholashni amalga oshirish uchun Belarus, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston ekspertlari va Yevroosiyo guruhi Kotibiyati xodimlaridan iborat loyiha guruhi
shakllantirilgan.
Loyiha guruhi tarkibiga O'zbekistondan Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar vazirligi vakillari kirgan.
Loyiha guruhining uchrashuvida taqdim etilgan savolnomalarni to'ldirishning o'ziga xos-xususiyatlari, ma'lumot yig'ish uchun joyiga chiqib uchrashuvlar o'tkazish shakli va rejalashtirilayotgan tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha navbatdagi qadamlar muhokama qilindi.