“Inson huquqlari sohasida ta’lim” Global forumida ishtirok etildi

“Inson huquqlari sohasida ta’lim” Global forumida ishtirok etildi

Akademiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Samarqand shahrida tashkil qilingan “Inson huquqlari sohasida ta’lim” Global forumida ishtirok etishdi.

Samarqand Global forumi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va uning mintaqaviy byurosi, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, YUNISЕF, BMT QOKB, BMT GJB, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, YEXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi, Yevropa Kengashi, F.Ebert nomidagi fond kabi xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etildi.

Global forumda dunyoning turli davlatlaridan inson huquqlari sohasidagi ta’lim mutaxassislari, davlat organlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Akademiya rahbariyati “Kasbiy institutlar (sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari, advokatura) orqali inson huquqlari sohasida uzluksiz ta’limni ta’minlash: tamoyillar, yondashuvlar va zamonaviy muammolar” mavzusida tashkil etilgan uchinchi sessiya doirasida “Prokurorlar uchun inson huquqlari sohasidagi ta’lim” mavzusida ma’ruza qildi.

Ishtirokchilarga Akademiyada inson huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba va zamon talablariga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etish yuzasidan ma’lumot berildi.

Global forum yakunida Inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha yakuniy hujjatning qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.