Xalqaro aksilkorrupsiya anjumanida ishtirok etildi

Xalqaro aksilkorrupsiya anjumanida ishtirok etildi

Akademiya rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida “Korrupsiyaga barham berish, demokratik qadriyatlarni himoya qilish” mavzusidagi 20-xalqaro aksilkorrupsiya anjumanida ishtirok etmoqda.

Mazkur delegatsiya tarkibi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari hamda Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, Bosh prokuratura, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillaridan iborat. Delegatsiyaning ishtiroki INL byurosi ko‘magida amalga oshirildi.

Tadbir Transparency International tashkiloti va AQSH hukumati tomonidan tashkil etildi.

Tadbir dasturidan 70 ga yaqin sessiya, yalpi majlis va tor doiradagi uchrashuvlar o‘rin olgan.

Anjumanda 140 ta davlatdan 2000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishmoqda.

Ushbu global forum har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida davlatlar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor, akademik doiralar va OAV vakillarini birlashtiradi.

Anjuman sessiyalari global xavfsizlik, irq va iqlim, qora bozorlar, uyushgan jinoyatchilik va jinoiy daromadlarni legallashtirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi tahdidlar kabi mavzularda o‘tkazilmoqda.

Tashrif davomida O‘zbekiston vakillari Davlat departamentining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha global koordinatori Richard Nefyu bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi bugungi islohotlar va istiqbollar yuzasidan fikr almashildi.