Noqonuniy moliyaviy oqimlarni o‘lchash borasidagi salohiyatni oshirish

Noqonuniy moliyaviy oqimlarni o‘lchash borasidagi salohiyatni oshirish

Akademiya xodimlari ESKATO, BMT GJB va YUNKTAD tomonidan Bangkok shahrida tashkil etilgan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida noqonuniy moliyaviy oqimlar hajmini baholash” loyihasining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdilar.

Tadbir noqonuniy moliyaviy oqimlarni (NMO) baholash va NMOni o‘lchash bo‘yicha statistik salohiyatni oshirish sohasida tajriba-sinov tadbirlari natijalari haqida ma’lumot berish, ilg‘or tajriba almashish, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Yig‘ilishda 6 tajriba-sinov davlat – Bangladesh, Vetnam, Qirg‘iziston, Maldiv Respublikasi, Nepal va O‘zbekistonning huquqni muhofaza kiluvchi va statistika organlari xodimlari, shuningdek, ESKATO, BMT GJB va YUNKTAD maslahatchilari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi, yovvoyi hayvonlar noqonuniy savdosi, shuningdek tijorat va soliq bo‘yicha NMOni o‘lchash bo‘yicha o‘zaro amaliy tajriba almashishdi.