“Qiyosiy konstitutsiyaviy huquqda empirik tadqiqotlar” mavzusida fan soati bo‘lib o‘tdi

“Qiyosiy konstitutsiyaviy huquqda empirik tadqiqotlar” mavzusida fan soati bo‘lib o‘tdi

Akademiyada an’anaviy fan soati doirasida Manchester universiteti professori Kris Tornxil tomonidan “Qiyosiy konstitutsiyaviy huquqda empirik tadqiqotlar” mavzusida gibrid shaklidagi mahorat darsi o‘tkazildi.

Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Inson xuquqlari bo‘yicha milliy markaz professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etishdi.

Akademiyaning xorijiy eksperti ishtirokchilarga ilmiy tadqiqotlarni olib borish usullari, qiyosiy konstitutsiyaviy huquqda empirik tadqiqotlarning dolzarbligi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, mustaqil izlanuvchi va doktorantlar jahon konstitutsiyalari hamda konstitutsiyaviy islohotlar haqida fikr almashishdi.