Dissertatsiya himoyasi boʼlib oʼtdi

Dissertatsiya himoyasi boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Аkademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yigʼilishida Аkademiya mustaqil izlanuvchisi F.R.Gafurovning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi boʼyicha “Valyuta qimmatliklarini noqonuniy olib chiqib ketilishiga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv tadbirlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi boʼlib oʼtdi.

Dissertatsiyada xorijiy davlatlarning ilgʼor tajribasi asosida valyuta qimmatliklarini noqonuniy olib chiqib ketishga qarshi kurashishda oʼtkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlarining tashkiliy jihatlari hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish boʼyicha takliflar tahlil qilingan.

Dissertatsiya himoyasi natijasiga koʼra, Kengash aʼzolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

Аkademiya jamoasi Farxod Gafurovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!