Аkademiya magistraturasi tinglovchilari uchun xalqaro ekspert ishtirokida trening tashkil etildi

Аkademiya magistraturasi tinglovchilari uchun xalqaro ekspert ishtirokida trening tashkil etildi

Аkademiya magistraturasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish” yoʼnalishi tinglovchilari uchun korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida muntazam ravishda oʼquv tadbirlari oʼtkazish yoʼlga qoʼyilgan.

Navbatdagi trening  Evropa Ittifoqi eksperti, 2011-2016 yillar davomida Latviya Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) rahbari lavozimida ishlagan Yaroslav Strelьchenok tomonidan magistratura tinglovchilari uchun “Deklaratsiyalash – korruptsiyaning oldini olish chorasi sifatida” mavzusida oʼtkazildi.

Mashgʼulot davomida tinglovchilar davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiya qilish boʼyicha xalqaro standartlar hamda bu borada Latviya tajribasi, mazkur tizimning korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha samarali natijalari va jihatlari boʼyicha oʼz bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega boʼlishdi.