Аkademiyaning oʼquv-uslubiy boshqarmasi tomonidan oʼqitishning innovatsion uslublarini joriy etish va Akademiya professor-oʼqituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish maqsadida “Birgalikda oʼqitish (So-teaching) texnologiyasi” nomli metodik qoʼllanma nashrga tayyorlanib, chop etildi.
Birgalikda oʼqitish (So-teaching) rivojlangan mamlakatlar pedagogik amaliyotida keng qoʼllaniladigan va yuqori samarali taʼlim shakllaridan biri boʼlib, oʼqituvchilarning interaktiv taʼlim faoliyatini integratsiyalash modeli hisoblanadi.
Ushbu metodik qoʼllanma mualliflar jamoasi tomonidan birgalikda oʼqitishning zamonaviy yondashuvlari va ilgʼor xorijiy tajribalarini oʼrganish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oʼtkazilgan tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqilgan.
Qoʼllanmada birgalikda oʼqitish texnologiyasining mazmun-mohiyati, uning butun dunyoda eʼtirof etilgan 6 ta modeli keng yoritilib, ulardan oʼquv jarayonida foydalanish yuzasidan professor-oʼqituvchilar va pedagoglar uchun tavsiyalar, birgalikda oʼqitish jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish, shuningdek, oʼqitish natijalarini baholash boʼyicha aniq namunalar keltirilgan.