Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma bosh mutaxassisi, tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori E.G.Radjapov, magistratura tinglovchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida seminar boʼlib oʼtdi.
Seminar davomida mamlakatimizda ilmiy-innovatsion salohiyatni mustahkamlash va rivojlantirish, olib borilayotgan tadqiqotlar sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlar muhokama qilindi.
Seminar ishtirokchilariga vazirlik tomonidan yosh olimlar uchun tashkil qilinayotgan tanlovlar, xorijiy davlatlarda stajirovka oʼtash va boshqa loyihalarda ishtirok etish shartlari va tartibi haqida batafsil maʼlumot berib oʼtildi.
Tadbir konstruktiv ruhda oʼtdi, ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.