Fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o'tkazish, tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish Bosh prokuraturasi Akademiyasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko'ra, Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan “Aholi migratsiyasida raqamli vizalar platformasini ishlab chiqish” hamda “Xavfsiz yo'l dasturiy ta'minotini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihalar tayyorlanib, ko'rib chiqish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligining joriy yilning 4-5 avgust kunlari bo'lib o'tgan navbatdagi Hay'ati yig'ilishida loyihalar tanloviga kelib tushgan 15 ga yaqin innovatsion hamda amaliy loyihalar ichidan Bosh prokuraturasi Akademiyasining ushbu ikkita loyihalari g'olib deb topildi hamda moliyalashtirishga tavsiya etildi.
Ushbu loyihalarning amaliyotga joriy qilinishi kelgusida ushbu sohalarni innovatsion tarzda rivojlantirishga, normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirishga hamda bu boradagi faoliyatni o'quv-uslubiy jihatdan ta'minlashga xizmat qiladi.