Ilmiy salohiyatni rivojlantirish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari uchun yetakchi xorijiy va milliy ekspertlar ishtirokida muntazam ravishda an’anaviy, tematik "Fan soatlari" tashkil etilmoqda.
Toshkent shahridagi xalqaro kimyo universiteti “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Ra’no Mardonova ishtirokida "Ilmiy tadqiqotlar: asosiy uslubiy talablar va tamoyillar" mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbir interfaol munozara shaklida o‘tkazilib, unda tadqiqotning amaliy va ilmiy muammolarini shakllantirish, ilmiy tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlash, tadqiqot predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilash hamda ilmiy g‘oyalarni amalga oshirish usullari muhokama qilindi.
Mazkur seminarlar ilmiy izlanuvchilarga o‘z tadqiqotlarini boyitish uchun qanday usul va vositalardan foydalanish mumkinligi, shu jumladan fanlararo, akademik va pedagogik kompetensiyalarni kengaytirish, ilmiy muammolarni hal qilish va turli xil axborot oqimlarini tahlil qilishning amaliy usullari to‘g‘risida yangi bilimlarni olish imkoniyatini yaratadi.