2023 yil 25 mart kuni soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi professori, yu.f.d., 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi F.X.Raximov tavalludining 70 yillik yubileyi munosabati bilan Bosh prokuratura 2-binosi majlislar zalida tantanali tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bosh prokuratura rahbariyati va Akademiya jamoasi F.X.Raximovni qutlug‘ 70 yosh bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, ko‘tarinki kayfiyat, oilaviy farovonlik va ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!