Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan “Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati” nomli uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.
Mazkur qo‘llanma prokuratura organlarining yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish, agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish, tabiiy ko‘llarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat sohalaridagi faoliyatini yo‘naltirish, shuningdek mavjud normativ hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, tekshirishga tayyorgarlik bosqichida tahlil uchun zaruriy ma’lumotlar va tekshirish o‘tkazish jarayonida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalarni yoritib berish orqali uslubiy ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, qo‘llanma sohaga oid nazorat obyektlari, ularni tekshirish tartibi, mexanizmlari va boshqa masalalarni qamrab olgan.
Mazkur uslubiy qo‘llanma faoliyatida foydalanish uchun viloyat prokuraturalari, ularga tenglashtirilgan prokuraturalar hamda tuman (shahar) prokuraturalariga yetkaziladi.