“Iqtisodiy jinoyatlarni moliyaviy tergov qilish” mavzusida xalqaro trening o‘tkazildi

“Iqtisodiy jinoyatlarni moliyaviy tergov qilish” mavzusida xalqaro trening o‘tkazildi

Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi tomonidan “Shaffoflik darajasini oshirishga va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda “Iqtisodiy jinoyatlarni moliyaviy tergov qilish” mavzusida Akademiya, Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, DXX, IIV, DBQ xodimlari va sudyalar ishtirokida trening o‘tkazildi.

Trening dasturi doirasida moliyaviy tergov o‘tkazish manbalari va tezkor ma’lumotlarning ahamiyati, moliyaviy tergov natijalari, tergov strategiyasini tuzish, moliyaviy tergov metodlari, moliyaviy tergov o‘tkazishda idoralararo hamkorlik o‘rnatish, moliyaviy razvedka bo‘limlari vakolatlari, bank va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan ma’lumotlarning oshkor qilinishi, dalillarni baholash, bunda maxfiy ma’lumotlardan foydalanish masalalari, xalqaro hamkorlikni amalga oshirish mavzulari bo‘yicha nazariy va amaliy-simulyatsion mashg‘ulotlar (case study) o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda Yevropa Kengashi ekspertlari Arvinder Sambey va Daniel Stayku hamda milliy ekspertlar tomonidan ma’ruza va taqdimotlar qilindi. 

Trening huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda sudyalarning mazkur sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.