Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bakalavriat talabalarining jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman sudi raisi o‘rinbosari F.Ismailova, sudyalar O.Xayitov, A.Shamaxmudov, U.Musayev va A.Muxiddinov, Akademiya bo‘lim boshlig‘i B.Bahrombekovlar hamda bakalavriat talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida sudya O.Xayitov O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga odil sudlov faoliyatiga oid kiritilayotgan o‘zgartirishlar, sudya A.Shamaxmudov pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishi hamda tibbiyot xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyatini tushuntirdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida sudya F.Ismailova raisligida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 276-moddasi
1-qismi bilan bo‘lgan jinoyat ishining sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida, talabalar sudyalardan jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan o‘zlariga qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.