Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha masofaviy malaka oshirish kurslari boshlandi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha masofaviy malaka oshirish kurslari boshlandi

Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo'yicha birja brokerlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mazkur kurs Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha idoralararo komissiyaning topshirig'i ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.

Kurs dasturi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning milliy tizimiga oid ustuvor masalalar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish sohasidagi xalqaro standartlar, ushbu sohadagi xavflarni milliy baholash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog'liq shubhali faoliyatni tahlil qilish, shu jumladan operativ tahlil masalalarini qamrab olgan.

Kelgusida bu kabi kurslarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyatiga jalb qilingan pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarning xodimlari uchun ham tashkil etish nazarda tutilgan.