Qarshi davlat universitetida “Odil sudlov tizimini demokratlashtirishning konstitutsiyaviy asoslarini takomillashtirish – inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning eng muhim omili" mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura vakillari, xalqaro ekspertlar, sud tizimining mas’ullari, faxriylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyada odil sudlov tizimini demokratlashtirish borasida konstitutsiyaviy asoslarni takomillashtirish, inson huquqlarini samarali himoya qilish, sudlar mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini kuchaytirishga bilan bog‘liq kiritilayotgan yangi normalar haqida batafsil tushuntirildi.
Davra suhbatida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yu.f.d., professor M.Mamasiddiqov “Inson sha’ni, qadr-qimmati – oliy qadriyatdir!” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada konstitutsiyaviy islohotlarning zarurati, xalq konstitutsiyasi va ijtimoiy davlatning mohiyati, konstitutsiya loyihasidagi asosiy yangiliklarning ahamiyati va mazmuniga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir nihoyasida odil sudlovni amalga oshirishdagi uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan nafaqadagi sudyalarga “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni, tadbir ishtirokchilariga Sudyalar oliy kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.