Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ichki ishlar organlari tergovchilari uchun “Tergov faoliyatini tashkil etish masalalari” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Mazkur o‘quv kursi tinglovchilarning surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishning umumiy qoidalari, tergov jarayonida dalillarni to‘plash, tekshirish, rasmiylashtirish va baholash, tergov jarayonida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish va jinoyatlarni malakalash bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari, kriminalistik texnika va taktikalar, sud ekspertizasi, tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan jinoyat protsessida foydalanishni tashkil etish, tizimli tahlil hamda tergov faoliyati psixologiyasiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan.