Huquqni muhofaza qilish akademiyasida psixologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Kasbiy psixologiya va boshqaruv faoliyati kafedrasi o‘qituvchilari E.Sattarov, I.Maxmudov, J.Karimovlar, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Bahrombekov, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi dotsenti X.Alimov hamda Akademiya bakalavriati talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda bugungi kunda psixologiya soxasining yutuqlari, amaliyotda yuzaga keladigan muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ruhiy holati va psixologlarning amaliy faoliyatida ko‘p uchrayotgan dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ichki ishlar organlarida profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatida ko‘p uchraydigan psixologik to‘siqlar va muammolar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, mashg‘ulotda talabalarni yanada qiziqtirish va jalb etish, ularning kayfiyatini ko‘tarish, o‘zlarini erkin his qilishlari, o‘z hayajonlarini yo‘qotishga va stressogen vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan masalalar o‘rganib chiqildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlariga qiziqtirgan savollarga javob olishdi.