Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasining tashrifi

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasining tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Akademiyaning tuzilmasi va asosiy faoliyat yo‘nalishlari, o‘quv jarayonini, shu jumladan, masofaviy ta’limni tashkil etilishi bilan tanishtirildi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari Аkademiya tinglovchilari uchun xalqaro-huquqiy hamkorlik va ekstraditsiya, yuqori texnologiyalardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish, prokuratura organlari faoliyatida va korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalarida ma’ruzalar qildi.