O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul yakunlanishiga 5 kun qoldi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul yakunlanishiga 5 kun qoldi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul yakunlanishiga 5 kun qolgani ma’lum qilinadi.

Akademiya bakalavriatida o‘qitish o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi. Davlat grantlari asosida o‘qishni tamomlagan Akademiya bakalavriatining bitiruvchilariga vakolatli davlat organlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Akademiyaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinganda faqat ofitserlar tarkibiga kiruvchi yoki darajali unvon berilishi ko‘zda tutilgan lavozimlarga tayinlanadi.

Nomzodlar joriy yilning 15 may kuniga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasida (https://my.uzbmb.uz/) ro‘yxatdan o‘tadilar.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:  www.facebook.com/ProsecutorAcademy www.instagram.com/proacademyuz/ (https://t.me/ProsecutorAcademy) hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.

Shuningdek, bakalavriatga kirish bilan bog‘liq ma’lumotlarni 71 kodli 202-04-96 telefon raqami orqali ham bilib olishingiz mumkin.

BATAFSIL