Fan soati doirasidagi dissertatsiya ishi muhokamasi

Fan soati doirasidagi dissertatsiya ishi muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi tayanch doktoranti M.Abdullayeva tomonidan fan soati doirasida “Xalq ta’limi sohasida korrupsiyaning oldini olish masalalari” mavzusidagi dissertatsiya ishining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Fan soatida Akademiya tadqiqotchilari, professor-o‘qituvchilar, hamkor tashkilot vakillari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi, IIV Akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Muhokama doirasida xalq ta’limi sohasida korrupsiyaning oldini olish tushunchasi, maqsad va vazifalari, xalq ta’limida korrupsiyaga qarshi kurash faoliyatining huquqiy asoslari, ta’lim tizimidagi korrupsiyaning turlari va shakllari tasnifi, xalq ta’limida ma’muriy boshqaruv va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq korrupsiyaviy omillar tahlili, maktabga qabul qilish va o‘quv faoliyatini tashkil etishda korrupsiyaviy omillar tahlili, xalq ta’limi tizimida moliya-xo‘jalik faoliyatidagi korrupsiyaviy omillar tahlili, xalq ta’limi sohasida korrupsiyaning oldini olishga oid ayrim xorijiy davlatlar tajribasi bayon qilindi.

Fan soati doirasida tadqiqotchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ishtirokchilar tomonidan bu turdagi tadbirlarni samarali ekanligini e’tirof etib, doimiy ravishda o‘tkazilishi yuzasidan taklif berildi.