Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Harbiy psixologiya nazariyasi va amaliyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi.
Anjumanda M.V.Lomonosov nomidagi MDU, Rossiya Federatsiyasi IIVning V.Ya.Kikot nomidagi Moskva universiteti, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Harbiy universiteti, Qurolli Kuchlar akademiyasining ilmiy xodimlari, professorlar, psixologiya fani olimlari ham qatnashdilar.
Tadbirni Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i B.Shayakubov ochib, psixologiyaning boshqa fanlar tizimidagi o‘rni, psixologlarning asosiy yo‘nalishlari va faoliyatiga oid qarashlarning shakllanish tarixi, harbiy psixologiya fanining shakllanishi, ularning O‘zbekiston Respublikasi va xorijda kasbiy tayyorgarligi to‘g‘risida so‘z yuritdi. So‘ngra o‘zbek va jahon olimlarining ma’ruzalari tinglandi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Kasbiy psixologiya va boshqaruv faoliyati kafedrasi dots.nti I.Maxmudov "Harbiy xizmatchilarga psixologik yordam ko‘rsatish" mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, unda harbiy qismlarda asosiy vazifa bo‘lgan psixologik faoliyat haqida so‘z yuritdi. So‘ngra kafedra katta o‘qituvchisi J.Karimovning "Psixologik maslahat kasbiy faoliyatni psixologik qo‘llab-quvvatlash xususiyati sifatida" mavzusida ilmiy ishlari seksiyada tinglandi va psixologik yordamni rivojlantirish muammolari hamda yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Anjuman yakunida tadbir ishtirokchilariga, shu jumladan kafedra dots.nti I.Mahmudovga faxriy yorliq topshirildi.