Huquqni muhofaza qilish akadiyasida lavozimga yangi tayinlangan tuman (shahar) prokurorlari uchun “Prokuror faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi yakunlandi.
Kurs aralash ta’lim formatida tashkil etilib, unda tinglovchilar ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim oldilar hamda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kunduzgi ta’lim tarzida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.
Mazkur kurs doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan joylardagi prokuratura organlarining faoliyatini samarali tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish, muammolar va nizoli vaziyatlarni hal etish, qarorlar qabul qilish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va boshqa dolzarb masalalarga oid kasbiy kompentensiyalari va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Malaka oshirish kursi oxirida yakuniy imtihon o‘tkazilib, tinglovchilar tomonidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi.