Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bojxona organlari surishtiruvchilari ishtirokida “Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolari” mavzusida malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda.
Malaka oshirish kursi dasturidan kontrabanda, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, tamom bo‘lmagan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi mavjud muammolar, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimiga oid o‘quv mashg‘ulotlari o‘rin olgan.
Shu bilan bir qatorda, Akademiya kiberlaboratoriyasi hamda kriminalistika poligonidagi o‘quv mashg‘ulotlari bevosita amaliyotga yo‘naltirilgan holda tinglovchilarning kasbiy mahorati va ko‘nikmalarini oshirishga hamda nazariy bilimlarini bevosita amaliyotda qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv mashg‘ulotlari dasturi doirasida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari bilan bir qatorda, madaniy tadbirlar, shu jumladan, teatrlarga tashriflar nazarda tutilgan.