Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tuman (shahar) prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari ishtirokida “Sudlarda fuqarolik, iqtisodiy va ommaviy-huquqiy munosabatlarga oid ishlarning ko‘rilishida qonuniylikni ta’minlash hamda prokurorning roli” mavzusida tashkillashtirilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.
Mazkur malaka oshirish kursi aralash ta’lim shaklida tashkil etilgan bo‘lib, masofaviy ta’lim va auditoriya mashg‘ulotlari tarzida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazildi.
Kurs dasturi prokuratura faoliyatining umumiy masalalari, shuningdek fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash masalalarini qamrab olgan bo‘lib, tinglovchilarning mazkur yo‘nalishlaridagi nazariy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlardan iborat.
Tasdiqlangan dastur asosida o‘tkazilgan o‘qitishning masofaviy shaklida har o‘quv haftasining yakuni bo‘yicha tashkillashtirilgan sinxron o‘quv mashg‘ulotlari davomida haftalik o‘zlashtirishni monitoring qilib borish bilan birga, amaldagi qonunchilik talablarini hamda mavzu doirasidagi savollarga tushuntirish berilib borildi.
Malaka oshirish kursining yakuniy bosqichida esa tinglovchilarning masofadan o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari bevosita auditoriya mashg‘ulotlari jarayonida trening hamda o‘qitishning interfaol uslublaridan foydalangan holda, muammoli-vaziyatli holatlarni tahlil qilish va kazuslar yechimini topish vositasida mustahkamlanib, tinglovchilarning kurs dasturini o‘zlashtirish darajasi baholandi.