2023 yil 30 may kuni Akademiyada Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan "O‘zbekistonda bola huquqlarining ahvoli: muammolar va yutuqlar" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda inson huquqlari, ayniqsa, bolalar, yoshlar huquqlarini himoya qilish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va ularga qarshi kurashish hamda ularning odil sudlovga erishish sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda parlament, davlat va ilmiy-ta’lim muassasalari vakillari, Akademiyaning “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishidagi magistraturasi tinglovchilari, professor-o‘qituvchilari va doktorantlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Bola huquqlari bo‘yicha vakil va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasida bolalar huquqlarini yuqori darajada ta’minlash va himoya qilish sohasidagi o‘zaro hamkorlik salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi tantanali ravishda imzolandi.