Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlar a’zolari uchun seminar tashkil etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlar a’zolari uchun seminar tashkil etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari a’zolari uchun “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida korrupsiya uchun javobgarlik” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan olib borildi.

Tadbirda ishtirok etgan 100 nafarga yaqin hududiy kengash a’zolariga korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, ularning turlari, milliy qonunchilikda o‘rnatilgan javobgarlik choralari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi organlar va ularning vakolatlari, mavjud bo‘lgan huquqiy va amaliy muammolar hamda ularni bartaraf qilish choralari, bu borada xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalar haqida taqdimot qilindi.

Interaktiv shaklda o‘tkazilgan seminar yakunida hududiy kengash a’zolari korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi hamda bunday mazmundagi seminarlarni kelgusida ham davom ettirish masalasi ko‘rib chiqildi.