O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy “fan soati” doirasida Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari, yu.f.d., professor M.Mamasiddiqov tomonidan “Dissertatsiya ishlariga qo‘yilgan talablar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiya va uning hamkorlari – TDYUU, Jamoat xavfsizligi universiteti, Inson huquqlari milliy markazi, Sudyalar oliy maktabi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Qurolli kuchlar, IIV va FVV Akademiyalarining doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va magistratura tinglovchilari qatnashdi.
“Fan soati” doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda ilm-fanni rivojlantirishda nazariya va amaliyotning bir-biri bilan uzviy bog‘lash masalalari, ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalarini shakllantirish, obyekti va predmetini belgilash, uning metodlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’ruzachi tomonidan dissertatsiya va avtoreferatni tayyorlash, ularni rasmiylashtirishga quyiladigan talablar, tadqiqot natijalarini amaliyotgan joriy etish tartibi va talablari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.