O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024 o‘quv yili uchun “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul davom etmoqda.
Akademiya bakalavriati “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari va to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.
2023 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar ham “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish uchun test imtihonlarida ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Nomzodlar joriy yilning 20 iyul kuniga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasida (https://my.uzbmb.uz/) ro‘yxatdan o‘tadilar.