O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6 apreldagi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablaridan kelib chiqib, bakalavriatining “Tergov faoliyati” va “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar joriy yilning 20 iyul kuniga qadar qo‘shimcha (harbiy oliy ta’lim yo‘nalishidan tashqari) yurisprudensiya (davlat huquq asoslari va chet tili) yo‘nalishiga boshqa mos oliy ta’lim muassasalarini tanlashlari lozim.
Imtihon o‘tkazish vaqti va manzillari haqida to‘liq ma’lumotni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (www.uzbmb.uz/) maxsus elektron platformasi, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz) orqali tanishib borishingiz mumkin.