O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablaridan kelib chiqib, 2023/2024 o‘quv yilida bakalavriatining “Tergov faoliyati” va “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatmasi”ni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (www.uzbmb.uz) saytiga shaxsiy identtifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari kerak.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
“Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi”.