Akademiya Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Akademiya Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Akademiyaning 2023 yil birinchi yarmi mobaynida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tahliliy yo‘nalishlarda amalga oshirgan faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, o‘quv binolari va yotoqxonada qurilish-ta’mir ishlarining borishi, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’lim jarayonlarini o‘quv-metodik va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, bakalavriat va magistraturaning yangi yo‘nalishlarini joriy etish, qabul jarayonlarini ochiq va shaffof tarzda tashkil etish va o‘tkazishga qaratilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, majlis kun tartibidan Akademiyada ishlab chiqilgan xodimlarning faoliyati samaradorligini baholash uslubiyotlari muhokamasi, professor-o‘qituvchilar solohiyatini yuksaltirish hamda faoliyat jarayonlarini raqamlashtirish masalalari o‘rin oldi.

Akademiyaning 2023 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalar ko‘rib chiqilib, tadbirlarning muddatida, sifatli va to‘liq bajarilishi lozimligi, bunda tegishli tarmoq rahbarlari shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Majlis kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.