Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining 2023/2024 o‘quv yilida davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha murojaatlar Akademiyada (manzil: Toshkent shahar, Shahrisabz, 42) soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Murojaatda abituriyent F.I.Sh., hujjat topshirgan yo‘nalishi (Tergov faoliyati (harbiylashtirilgan/harbiylashtirilmagan; Prokurorlik faoliyati), ta’lim shakli (kunduzgi/sirtqi), to‘plagan ball va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha murojaatlarni qabul qilishning ohirgi muddati joriy yilning 25 sentyabr etib belgilangan.