Tergov tarmoqlari xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi yakunlandi

Tergov tarmoqlari xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi yakunlandi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Bosh prokuratura hamda AQSH Federal tergov byurosi bilan hamkorlikda  huquqni muhofaza qilish organlarining tergov tarmoqlari xodimlari uchun tashkil etilgan “Portlashdan keyingi tergov harakatlari” o‘quv kursi yakunlandi.

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturada o‘tkazilgan tadbir doirasida kurs yakunlari sarhisob qilinib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda Bosh prokuratura, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari, AQSH Federal tergov byurosi mutaxassislari, prokuratura, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati tergov tarmoqlari xodimlaridan iborat o‘quv kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.

Kurs tinglovichlari o‘quv dala mashg‘ulotlari sharoitida tergov usullari va taktikalarini qo‘llagan holda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkonini bergan kurs dasturining mazmuni va tashkiliy darajasini yuqori baholab, AQSH Federal tergov byurosi mutaxassislari tomonidan berilgan bilim va tajriba uchun minnatdorchilik bildirdilar. Kelgusida bunday tadbirlar huquqni muhofaza qilish organlari faoliyat samaradoriligini yanada oshirishga xizmat qilishi tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida ta’kidlashdi.