Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida bakalavriatning Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyati 2-kurs talabalari uchun “Mehnat shartnomasi tushunchasi, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi Mehnat bo‘limi boshlig‘i A.Xudoynazarov tomonidan mehnat shartnomasini tuzish, unga qo‘yilgan talablar, mehnat shartnosamini bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim masalalar yuzasidan amaliy asoslangan fikrlar bildirib o‘tildi. Shuningdek, davlat tashkilot va idoralarda mehnat qonunchiligini qo‘llash, uni to‘g‘ri va aniq tatbiq etishda uchrayotgan ayrim xatoliklar, bundan tashqari sudlarda ishga tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar amaliy misollar orqali yoritib berildi.
Mahorat darsi davomida talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga atroflicha javob oldilar.