Navbatdagi dissertatsiya ishining kafedralararo muhokamasi o‘tkazildi

Navbatdagi dissertatsiya ishining kafedralararo muhokamasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi T.Safarovning “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)” ixtisosligi bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy mexanizmlarini takomilashtirish (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishining kafedralararo muhokamasi o‘tkazildi.

Muhokamada Akademiya, TDYUU va Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Muhokamada korrupsiyaga qarshi kurashishning idoraviy mexanizmlari ahamiyati, ularning maqsadi va amalga oshirish shakllari, ularni joriy etish jarayonidagi muammolar bo‘yicha ilmiy va amaliy yechimlar, tadqiqot natijalari hamda uning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi o‘rni borasida taqdimot qilindi.

Muhokamada tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha tushuntirish berildi.