Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024 yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga hujjat qabul qilish muddati joriy yil 10 noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30 noyabrga qadar uzaytirildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklida ilmiy tadqiqot olib borish istagidagi talabgorlar 2023 yil 10 noyabrga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, Akademiyaning Ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash markaziga barcha zaruriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.