Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi huzuridagi yuridik fanlar bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi”ga biriktirilgan mustaqil izlanuvchilar A.Imomnazarovning “Ko‘zdan kechirish tergov harakatini takomillashtirishning protsessual va kriminalistik jihatlari”, L.Barakayevning “Dalillarni to‘plash usuli sifatida taftish o‘tkazishning protsessual va kriminalistik jihatlari” mavzularidagi tadqiqot ishlari muhokama qilindi.

Mustaqil izlanuvchilar tomonidan ko‘zdan kechirish va taftish institutlarini o‘tkazishda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari masalalari yoritildi. Shuningdek, raqamli ma’lumot tashuvchi vositalarni, transport vositalarini ko‘zdan kechirish, qo‘shimcha va qayta ko‘zdan kechirish kabi institutlarni,  mutaxassis dalolatnomasini dalil manbasi sifatida Jinoyat-protsessual kodeksida aks ettirish,  taftish qarori ustidan shikoyat qilish, taftishchini so‘roq qilish, yolg‘on dalolatnoma berganlik uchun javobgarlik belgilash tartibini joriy qilish kabi takliflar ilgari surildi.

Tadqiqotchilar ilmiy ishlari ijobiy baholanib keyingi bosqichga tavsiya qilindi.